SEO

Saytni Google va Yandexʼda birinchi sahifaga qanday chiqarish mumkin: SEO asoslari

Gulmurod TolipovGulmurod Tolipov 21-oktabr, 2026 · 2 daqiqa
Saytni Google va Yandexʼda birinchi sahifaga qanday chiqarish mumkin: SEO asoslari
Mundarija

“Saytimiz bor, lekin Googleʼda chiqmaydi” — bu eng koʻp eshitadigan shikoyatimiz. Sayt qilib qoʻyishning oʻzi yetmaydi: qidiruv tizimi uni topishi, tushunishi va boshqa saytlardan foydaliroq deb hisoblashi kerak. Shu ishning hammasi SEO deyiladi.

Qidiruv tizimi nimaga qaraydi?

Google va Yandex yuzlab omillarni hisobga oladi, lekin ularning asosi uchta savolga borib taqaladi:

  1. Sayt texnik jihatdan sogʻlommi? Tez ochiladimi, telefonda qulaymi, sahifalari toʻgʻri indekslanadimi.
  2. Sahifa odamning savoliga javob beradimi? Matn aynan qidirilgan narsa haqidami va toʻliqmi.
  3. Saytga ishonsa boʻladimi? Boshqa saytlar unga havola qiladimi, kompaniya haqida maʼlumot, manzil, kontaktlar bormi.

1. Texnik asos

Bu SEOʼning poydevori. Texnik xatolar boʻlsa, eng yaxshi matn ham yuqoriga chiqmaydi.

  • sayt telefonda tez ochilishi kerak — ogʻir rasmlar va keraksiz skriptlar sekinlashtiradi;
  • har bir sahifaning oʻz sarlavhasi (title) va qisqa tavsifi (description) boʻlishi kerak;
  • sitemap.xml fayli boʻlishi va Google Search Console hamda Yandex Webmasterʼga qoʻshilishi kerak;
  • sayt https orqali ochilishi, buzilgan havolalar va takroriy sahifalar boʻlmasligi kerak.

2. Har bir xizmat uchun alohida sahifa

Agar barcha xizmatlaringiz bitta sahifada sanab oʻtilgan boʻlsa, Google ularning hech biri boʻyicha sizni yuqoriga chiqarmaydi. Odam “Toshkentda mebel yasash” deb qidiradi — unga aynan mebel haqidagi sahifa kerak.

Har bir asosiy xizmat uchun alohida sahifa qiling: nima qilasiz, qanday qilasiz, narxi qancha, ishlaringizdan namunalar va koʻp beriladigan savollar.

3. Odamlar qidiradigan soʻzlar bilan yozing

Mijozlar sizning xizmatingizni oʻz soʻzlari bilan qidiradi. Siz “korporativ veb-resurs ishlab chiqish” deb yozasiz, ular esa “sayt qilish narxi” deb qidiradi. Matnda odamlarning tilidan foydalaning.

Oʻzbekistonda qidiruv oʻzbek va rus tillarida, lotin va kirill yozuvida boʻladi. Shuning uchun koʻp tilli sayt qidiruvda ancha koʻproq odamga yetib boradi.

Saytingiz narxini bilmoqchimisiz?1 ish kunida aniq smeta yuboramiz.
Narxini bilish

4. Blog — bepul tashrifchilar manbai

Foydali maqolalar mijozlar beradigan savollarga javob beradi: “sayt qancha turadi”, “qaysi biri yaxshiroq”, “qanday tanlash kerak”. Har bir yaxshi maqola qidiruvdan oyma-oy yangi tashrifchi olib keladi va ular orasidan mijozlar chiqadi.

5. Xaritalar va boshqa saytlardagi havolalar

  • kompaniyangizni Google Maps va Yandex Kartaga qoʻshing, manzil va ish vaqtini toʻgʻri yozing;
  • mijozlardan xaritada fikr qoldirishni soʻrang;
  • hamkorlar saytlari, kataloglar va ommaviy axborot vositalarida saytingizga havola boʻlishiga harakat qiling.

Nimalardan qochish kerak

  • matnni kalit soʻzlar bilan toʻldirib tashlash — Google buni tanib oladi va jazolaydi;
  • boshqa saytlardan matn koʻchirish;
  • “bir haftada TOP-1” degan vaʼdalarga ishonish.

Natijani qachon kutish kerak?

SEO reklama emas: pulni toʻxtatsangiz, tashrifchilar darrov yoʻqolmaydi, lekin natija ham darrov kelmaydi. Odatda birinchi sezilarli oʻzgarishlar bir necha oydan keyin koʻrinadi. Raqobat qanchalik kuchli boʻlsa, shuncha koʻp vaqt kerak boʻladi.

Saytingiz qidiruvda nega chiqmayotganini bilmoqchimisiz? SEO xizmatimiz bilan tanishing yoki Telegramʼga yozing — saytingizni koʻrib, asosiy muammolarni aytib beramiz.

Gulmurod Tolipov
Gulmurod TolipovAsoschi, Tolipov studiyasi

5 yildan beri sayt va ilovalar yaratadi. 75+ loyiha, 40+ mijoz.

Loyihangizni muhokama qilamiz

Qisqacha yozing — 15 daqiqalik qoʻngʻiroqda narx va muddatni aytamiz.

Nima kerak?
1 ish kuni ichida javob beramiz. Maʼlumotlaringiz hech kimga berilmaydi.
Telegramʼga yozing
Qoʻngʻiroq Telegram